Xodimlarni sertifikatlash organlari

Xodimlarni sertifikatlash organlarini akkreditatsiyalash ISO / IEC 17024 xalqaro standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xodimlarning malakasi barqaror ishlab chiqarivchi va moliyaviy farovonlikka intilgan har qanday tashkilot uchun doimo muhimdir.

Jahon amaliyotida xodimlar malakasini mustaqil baholash, ish beruvchilar va iste’molchilar tomonidan ishonch hosil bolishiga xizmat qiladi.

ISO / IEC 17024: 2012 -xalqaro standarti, butun dunyoda xodimlar malakasini sertifikatlashtirish organlari faoliyatini akkreditatsiyalovchi yagona talablarni belgilaydi.

Xalqaro standart boyicha akkreditatsiyalash, kelishilganlik, solishtirish va ishonchlilik asosida xalqaro darajada xodimlarni sertifikatlashtirish sxemalari, jahon mehnat bozorida texnologiyalar rivijlanayotgan va kasb va vakolatlar ixtisoslashuvini oshirish uchun asos beradi.

Xodimlarni sertifikatlash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish:

– ISO / IEC 17024 xalqaro standarti talablariga muvofiq xodimlarning texnik malakasini namoyish etadi;

– qonun hujjatlariga muvofiq baholash sohasida ishlarni bajarishga imkon beradi;

– xodimlarni sertifikatlashtirish sxemalari ish beruvchilarning talablariga va xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi;

– xodimlarni sertifikatiyalovchi tashkilotlar turli kasb va yo’nalishlarda foydalanayotgan baholash usullarining xolisligini va ishonchliligini tasdiqlashga imkon beradi;

– sertifikatlangan xodimlarga jamiyat va iste’molchilar tomonidan ishonch paydo bo’lishiga hissa qo’shadi.