Sinov laboratoriyalari

Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash – akkreditatsiya organi tomonidan tashkilotning ma’lum bir sohada muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun vakolatini rasman e’tirof etishdir.

Akkreditatsiya – sinov laboratoriyalarining vakolatlarini tan olinganligi tog’risidagi hujjatidir.

Laboratoriyani akkreditatsiyalashdan maqsad:

  1. laboratoriya vakolatini tasdiqlash;
  2. ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va xaridorlar akkreditatsiyalangan laboratoriyaga ishonchini ta’minlash;
  3. akkreditatsiyalangan laboratoriyalar faoliyati natijalarini tan olish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Sinov laboratoriyalariga talablar qaysi me’yoriy hujjatda keltirilgan?

O’zDSt ISO / IEC 17025 xalqaro standarti talablari asosida sinov laboratoriyalari akkreditatsiyadan o’tkaziladi.

Laboratoriyadan akkreditatsiyadan otganligi to’g’risidagi guvohnoma quydagilarga kafolat beradi:

  • mustaqildir va uning faoliyati natijalari bo’yicha qonuniy javobgar bo’lishi mumkin;
  • o’z faoliyatida davomida sertifikatlangan usullardan foydalanadi;
  • akkreditatsiya sohasiga kiritilgan barcha turdagi sinov uskunalarini va vositalardan foydalanadi;
  • sinov uskunalari va o’lchav qurilmalari qiyoslash va kalibrlash o’z vaqtida amalga oshiriladi;
  • namuna olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • sinovlar va o’lchovlar malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi;
  • laboratoriya xonalari belgilangan talablarga javob beradi;
  • samarali sifat menejmenti tizimiga ega.