Malakani sinovchi dasturlar provayderlari

Malakani sinovchi dasturlar provayderlari – malakaviy sinov dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq barcha vazifalar uchun javobgar bo’lgan tashkilot.

Malaka sinovlari tekshiruvi, akkreditatsiyaga murojat qilgan, akkreditlangan laboratoriyalar tomonidan o’rnatilgan ishlash talablariga rioya etilayotganligining asosiy dalillaridan biridir va ularning natijalari boshqa laboratoriyalar natijalari bilan taqqoslanganligining dalili sifatida qo’llaniladi.

Sinov laboratoriyasining malakaviy sinov dasturlarida ishtirok etishi O’zDST ISO / IEC 17025-2007 talablarining asosiy va muhim instrumentidir.

Malaka tekshiruvi bu:

  • kundalik tadqiqotlar sifatini muntazam, ob’ektiv va mustaqil baholash;
  • texnik ish faoliyatini yaxshilaydigan qayta aloqa;
  • uslub va asboblar xususiyati haqida qiyosiy ma’lumotlar;
  • bir mamlakat yoki mintaqada muayyan faoliyat sohasidagi aniq tadqiqotlar sifatining umumiy tasvirini olish.