Mahsulotlarni sertifikatlash organlari

Mahsulotlarni sertifikatlovchi organ faoliyatini  akkreditatsiyalash uning imkoniyatlarini (vakolat va mustaqillik) rasmiy tan olinishidir.

Mahsulot (xizmatlar)ni sertifikatlash organini akkreditatsiyadan o’tishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Sertifikatlashtirish organi shtatida malakali xodim va boshqaruvchiga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga, o’tkazilayotgan sertifikatlash natijalariga manfaatdor shaxslar yoki tashkilotlarning xodimlarga bo’lgan ta’siri mutlaqo bo’lmasligi kerak;

Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar fondiga va ushbu mahsulot ishlab chiqarish sohasiga qo’yiladigan talablarga muvofiq mahsulotni sertifikatlash imkonini beradigan hujjatlashtirilgan tartibga ega bo’lishi kerak;

  • Sertifikatlashtirish organ sertifikatlashga zarur resurslarga, hujjatlar bazasiga, hujjatlashtirilgan jarayonlarga ega bo’lishi lozim;

uchun ruxsatnomalarni tekshirishga majburdir.

  • mahsulot yoki xizmatlarning muvofiqligini baholashni, inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar sertifikatlashtirish organining soha ekspertlari maqomiga ega bo’lishi kerak;
  • Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan mahsulot yoki xizmatlarning to’liq ro’yxatiga ega bo’lishi kerak;
  • Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan sertifikatlardan foydalanishlarini nazorat qilishlari kerak.