Бутунжаҳон аккредитация кунига бағишланган тадбир

Бутун жаҳон аккредитация куни (ингл. International Accreditation Day) -синов лабораториялари, метерологик хизматлари, сертификация органлари ва менежмент тизимини халқаро ва миллий стандартларга мувофиқ  ҳолда аккредитациядан ўтказишда, уларнинг техник ваколатини бетараф ва холис  баҳоловчи  ишчиларнинг халқаро касбий байрамидир.

2007 йил Сидней шаҳрида (Австралия) бўлиб ўтган Аккредитация бўйича халқаро форум  (ингл. International Accreditation Forum) (IAF) ҳамда Лабораторялар аккредитацияси бўйича халқаро ташкилотларнинг  (ингл. International Laboratory Accreditation Cooperation) (ILAC)  ташаббуси билан ушбу ташкилотларнинг  Бош Ассамблеясида, Бутун жаҳон аккредитация кунини ҳар йили 9 июнда нишонлаш тўғрисида қарор қабул қилинган.

Шу анъанага асосан, 2019 йил 10 июнда Аккредитация марказида “Ўзстандарт”агентлиги раҳбарияти бошчилигида Бутун жаҳон аккредитация кунига бағишланган тадбир бўлиб ўтди. Тадбирда Миллий аккредитация тизими бугунги кунда ривожланишнинг фаол босқичида эканлиги таъкидлаб ўтилди. Иқтисодий алоқалар, илм фан ва технологияларнинг  тараққий этиши ҳамда  инсон

ҳаётининг турли жабҳаларидаги  талабнинг ошиши  мувофиқликни белгилаш тизимига тинимсиз  эҳтиёжни келтириб чиқаради. Бу эса ўз ўрнида аккредитация органлари фаолиятини янада такомиллаштириш  зарурлиги ҳақида эътироф этилди.

Миллий аккредитация тизимини ривожлантиришга қўшаётган ҳиссаси шунингдек  уни Лабораторялар аккредитацияси бўйича халқаро ташкилот  (ILAC) ва Аккредитация бўйича халқаро форумга (IAF)  тўлақонли аъзоси сифатида киришида кўрсатаётган  фаол иштироки учун марказнинг бир қатор ходимлари фахрий ёрлиқ ва эсдалик совғалари билан тақдирландилар.

 

Muvofiqlikni baholash organlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 10 – yanvardagi PF-5624-son Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” etib qayta nomlagan holda “O‘zstandart” agentligi tarkibiga o‘tkazilgan.

Shu bilan bir qatorda, Farmon bilan belgilangan tartibga muvofiq yangitdan nomlangan “O‘zbekiston Standartlashtirish , metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi”ning qonunchilikda nazarda tutilgan vakolatlari, vazifalari  va huquqlari saqlab qolingan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 – yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son Qarori bilan 2019- yil 1- yanvardan, ayni Qarorning 5-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan iste’mol  tovarlarini majburiy sertifikatlash faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sertifikatlashtirish organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan yangidan akkreditatsiya qilingan boshqa sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini hujjatlari bilan kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olib, “O‘zstandart” agentligi tizimida bo‘lmagan sertifikatlashtirish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 12- dekabrdagi PQ-4059-son Qarori 5-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan iste’mol tovarlarini majburiy sertifikatlashda ishtirok etish maqsadida yangidan akkreditatsiyadan o‘tish uchun, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markaziga ariza topshirishlari mumkin.

Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 2019-yil 24-aprelidagi № 349-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, “Akkreditatsiya markazi” DUK muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarining, 2019-yilning II-choragida inspeksiya nazorati o’tkaziladigan Reja-grafigini tasdiqladi.

Akkreditatsiya – sifat kafolatidir

O’zbekiston Akkreditatsiya markazi direktori, markaz faoliyati, uning maqsad va vazifalarini tushuntirib bermoqda

akkred – mustaqil akkreditatsiya organining belgisi

Akkreditatsiya nima? degan savoldan boshlaydigan bo’lsak. Lotinchadan tarjima qilinganda “accredo” ishonish degan ma’noni anglatadi, bunga asosan biz akkreditatsiya faoliyati, iste’molchilarning bu jarayondan o’tgan tashkilotlarga bo’lgan ishonchini ta’minlashga yo’naltirilgan deb ta’kidlasak bo’ladi. Ommaviy axborotlarda biz ko’pincha – jurnalistlarni akkreditatsiyalash, ta’lim dasturlarni akkreditatsiyalash va shu kabilarni eshitamiz. Lekin bu sohalar bizning odamlarimizning hayotiy jabxalariga tegishli emas. Ularni ko’proq kundalik hayotda ishlatadigan, mahsulot va xizmatlarning sifati qiziqtiradi.

Mahsulot va xizmatlarning sifati va xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy tizimini, “sifat tuzilmasi” deya ataladi, uni tashkil etadigan standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya tizimlari ta’minlab berishmoqda.

Ushbu yilning mart oyiga qadar bu sohalarning barchasi davlat tomonidan maxsus vakolat berilgan – “O’zstandart” agentligi vakolatiga kirar edi. Ammo, hozirgi davrda bo’layotgan qayta shakllantirish va yangilanishlar yuzasida, hukumat tomonidan akkreditatsiyalash vazifalarini mustaqil bo’lgan tashkilotga berishga qaror qilindi. Shunday qilib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tashkil etildi.

Bizning Markazimizning asosiy vazifalaridan biri aynan o’sha nazoratning o’zini, mahsulot, xizmat va ularni hisoblash aniqligini amalga oshiruvchi, ya’ni muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyalash. Bunday organlarga turli xildagi laboratoriyalar, mahsulot va xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari, shuningdek inspeksiya organlari kiradi.

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyalash metodologiyasi xalqaro standartlar va xalqaro akkreditatsiyalash tashkilotlari talablarini hisobga olgan holda o’zgartirishlarni talab etadi. Hozirda buning ustida, Markaz oldida qo’yilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish uchun yuqori potensialga ega jamoa faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, akkreditatsiyalash obyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish va ish-faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida, Respublikamiz viloyatlarida Markazimiz filiallarini tashkil etish masalasi ko’rib chiqilmoqda, masalan Jizzax shahrida yaqinda tashkil etilgan filialimiz kabi.

 

Sifat tuzilmasi. U qanday bo’lish kerak!

Sifat tuzilmasi mening nazdimda mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning barcha bosqichlarida zarur talablarning ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy akkreditatsiya tizimini, uning mustaqil va xolis qismi sifatida shakllantirilishi, xalqaro jamoatchilik, shu jumladan mahsulot va xizmat ishlab chiqaruvchilar ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga akkreditatsiya alohida mavjud bo’la olmaydi, u doim boshqa sohalar – standartlashtirish va metrologiya bilan aloqada bo’ladi.

Hammaga ma’lumki standartlashtirish tizimi bir institut – standartlarning mamlakatda amal qilishi qonuniyligini belgilaydigan organdir. Ko’pgina mamlakatlarda bu xususiy tuzilma bo’lib, standartlar bozor talablariga ko’ra tartibga solib turiladi.

Sifat tuzilmasining yana bir ishtirokchisi bu – metrologiya tizimi. Uning vazifasi butun dunyoda qabul qilingan –  Xalqaro o’lchovlar birligi (SI) ga muvofiq o’lchashlar birliligida sifatni belgilovchi ko’rsatkichlar aniqligini ta’minlash. Iste’molchi tili bilan so’zlaydigan bo’lsak, metrologiya tizimi bizga do’konda xarid qilgan bir kilogram mahsulot to’g’ri o’lchanganligi to’g’risida ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Xalqaro miqyosda tan olinish. Bunga qanday erishish mumkin?

Bizning Markaz uchun xalqaro miqyosda tan olinish, biz uchun ustuvor bo’lgan ikki tashkilot – Laboratoriyalarni akkreditatsiyalash xalqaro tashkiloti ILAC va Akkreditatsiyalash xalqaro forumi IAF larning to’laqonli a’zosiga aylanishdir.

Buning uchun biz o’z faoliyatimizni shunday tashkil etishimiz lozim-ki, Markazning o’zi va biz akkreditatsiyalaydigan organlar ma’lum xalqaro standart talablariga javob bersin. Keyinchalik biz, nufuzli tashkilotlar tomonidan rasmiy tan olinish uchun tekshiruvlardan o’tishimiz lozim.

Bu tashkilotlarning to’laqonli a’zosi bo’lish bizga ILAC va IAF a’zolari bo’lgan mamlakatlar tomonidan bizning, shu jumladan biz akkreditatsiyalagan mijozlarimizning, faoliyat natijalari tan olinishi imkoniyatini yaratadi.

Bu biz o’z oldimizga yaqin kelajakka qo’ygan maqsadimizdir. Bu yo’nalishda birinchi qadam qo’yildi. Akkreditatsiyalash instituti mustaqil bo’ldi. Ayni damda qo’yilgan maqsadlarga muvaffaqqiyatli erishish uchun zarur resurslarni analiz qilish va shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Bizning Markazimizning ustuvor vazifalaridan biri bu xalqaro va hududiy akkreditatsiya organlari bilan hamkorlik qilish, shu sohadagi zamonaviy xalqaro standartlarni tatbiq qilish.

Bu yo’nalishda biz chet ellik ekspertlarni faol jalb qilib kelayapmiz. Ulardan biri Germaniyaning akkreditatsiyalash sohasidagi yetakchi mutaxassisi Manfred Kinder. Markaz u bilan Germaniyaning PTB metrologiya institute dasturi bo’yicha hamkorlik qiladi. U markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari, u O’zbekistonning zamonaviy sifat tuzilmasida tutgan o’rni bilan tanishib chiqdi va imkoniyatlarimizni ijobiy baholadi. Uning fikriga ko’ra biz shu yilning oxirini o’zidayoq qo’rqmasdan APLAC – assotsiyalangan ishtirokchilar sifatida laboratoriyalarni hududiy akkreditatsiyalash tashkilotiga a’zolikka ariza topshirsak bo’ladi.

Shuningdek biz 12 yildan buyon ILACning to’laqonli a’zosi bo’lgan – turk akkreditatsiya markazi (TURKAK) bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladik. Kelishuv doirasida bizga Turkiyaning akkreditatsiyalash sohasida yetakchi mutaxassisi – Atakan Bashturk maslahatchi sifatida yo’naltirildi. U butun dunyo bo’ylab akkreditatsiyalash organlari bilan ishlashda juda katta tajribaga ega. Oktabrda ko’p bosqichli, “O’zbekiston Respublikasining akkreditatsiyalash tizimini yaratish va xalqaro darajada tan olinishida qo’llab-quvvatlash” loyihasini boshlash rejalashtirilayapti. Loyihada Markazni, ILAC va IAF ga 2020 yil yozlariga a’zo bo’lish maqsadida, xalqaro talablarga muvofiqlashtirish uchun tayyorgarliklarni yakunlash ko’zda tutilgan. Keyinchalik biz bu tashkilotlarning to’laqonli a’zosi bo’lish uchun a’zo bo’lish jarayonini boshlay olamiz.

Birinchi bosqichda biz yuqori malakali xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilishni, ish jarayonini yo’lga qo’yishni, akkreditatsiyalash bo’yicha ichki hujjatlar tizimni tashkil etishni, o’z ma’lumot resurslarimizni yaratishni rejalashtirayapmiz. Keyingi bosqich etib biz joint accreditation – hududiy va xalqaro organlar bilan hamkorlikda akkreditatsiyalashni o’tkazish, ekspertlar almashinuvini hisobga olgan holda, qo’shma amaliy treninglarni tashkillashtirishni belgiladik.

Turkiyalik ekspertlar ishtirokida o’tkazilgan akkreditatsiyalar, xalqaro darajada hisoblanishini ta’kidlab o’tmoqchiman.

Shu bilan bir qatorda biz belorusiyalik hamkasblarimiz – Belorusiya akkreditatsiyalash Davlat Markazi bilan o’zaro anglashuv Memorandumini imzoladik. Uning doirasida akkreditatsiyalash bo’yicha Hududiy tashkilot tashkil etish va faoliyatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tajriba almashish sohalarida ishlarni boshlash rejalashtirilgan.

Bizning rejalarimizda shuningdek yaqin qo’shnilarimiz – Tojikiston, Qozog’iston akkreditatsiyalash organlari bilan ham uzoq muddatli hamkorlikni yo’lga qo’yish, ular bilan transchegaraviy akkreditatsiyalarni amalga oshirish maqsadida mutaxassislar (assesorlar) ni almashinish dasturi bo’yicha kelishuvga erishish bor.

Mening ishonchim komil, bizning asosiy maqsadimiz – milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlikning mahsulot, ish va xizmatlar yo’nalishlardagi sifati, bundan kelib chiqqan holda – fuqarolarimiz turmush darajasining oshirilishi maqsadida, O’zbekiston Respublikasi akkreditatsiyalash tizimini xalqaro darajada tan olinishiga erishamiz.

Iste’molchilar ishonchi manbasi

Biz yashayotgan olamda har kuni xizmat ko’rsatadigan, yangi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, oddiygina qilib aytganda – mahsulot va xizmat ishlab chiqaradigan, yangi kichik biva xususiy tadbirkorlik subyektlari, yangi ishlab chiqaruvchilar, yangi kompaniyalar tashkil topadi.

Iste’molchi ushbu turli-tuman mahsulot yoki xizmatlar ichida xavfsiz va sifatlisini tanlashda xato qilishdan qanday saqlanishi mumkin?

Ikkinchi tomondan, yangi kompaniyalarga qolganlar ichida qanday qilib ajralib tursin? O’z mahsulot va xizmatlarining chindan ham sifatli ekanligini va sarflagan pulingizga arzishini qanday isbotlasin?

Ishlab chiqaruvchi uchun javob aniqday go’yo – o’z mahsuloti yoki xizmatini sertifikatlash, zarur inspeksiyadan, sifat tekshiruvi o’tish va mahsulotning sifatini kafolati bo’lgan, orqzuqib kutilgan sertifikatni olish.

Ammo, fikrimizning ushbu nuqtasida kutilmagan bitta savol berish mumkin – sertifikat, mahsulot yoki xizmatning yahshi sifatli ekanligini tasdig’i bo’la oladimi? Ishonqiramaydigan mijoz o’ylashi mumkin: “Bu sertifikat – oddiygina rangli qog’oz bo’lsachi? Hech narsani tekshirmasdan, inspeksiyadan o’tqazmasdan, pulini olib bu qog’ozni berib qo’ya qolishgan”.

Keyin, bunday inspeksiya va tekshiruv organlari qanchaligini bilasangiz xayratlanisiz, axir sertifikatsiya o’tqaziladigan sohalar ham juda ko’p. Tekshiruvchi tashkilotning o’zi ishonchga sazovormi va u bergan sertifikatlar sifatni kafolatlay oladimi, buni qanday aniqlay olamiz?

Bu savolga faqat bitta javob bor – yuqorida aytilgan organ akkreditatisya jarayonidan o’tadi, uning xizmatlari va mijozlarining, o’sha mahsulot va xizmat ishlab chiqaruvchilarning xizmatlari sifatini kafolatlovchi, malakasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat beriladi.

Mantiqli savol – O’zbekistonda mahsulot va xizmatlarning sifatini tekshiruvchi organlarni akkreditatlash bilan kim shug’ullanadi – ularning malakasini, xolisligini va ularning bajarayotgan ishini kim tekshiradi? Biz hech ikkilanmay javob bera olamiz – Akkreditatsiyalash Markazi.

Akkreditatsiyalash Markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2018-yildagi «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-3643 sonli qarori bilan muvofiqlikni baholash organlarni akkreditatsiyalash tizimini mukammallashtirish, eksportga yo’naltirilgan va raqobatbardosh mahsulot, xizmatlar ishlab chiqaruvchilar uchun sharoit yaratish, mamlakat ichki bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.

Shunday ekan biz maqolamizning birinchi va asosiy savoliga javob bera olamiz – qaysi mahsulot yoki xizmatning sifatiga iste’molchi bemalol ishona oladi? Bu, Markaz tomonidan  akkreditatsiyalangan tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan mahsulot va xizmatlardur.