Boshqarish tizimlarini sertifikatlash organlari

Boshqarish tizimlarini sertifikatlash organlari

Boshqaruv tizimi tashkilotlarga maqsadlarga erishish uchun ularning faoliyatiga tizimli yondashuvni joriy etishni kafolatlaydi.

Ba’zi tashkilotlar, ayniqsa kichiklar, barcha xodimlar topshirilgan vazifalarni bir xil darajada yaxshi bajarishini kutadilar. Lekin biznes xajminig kattaligidan qat’i nazar, bajariladigan ishlar bo’yicha yo’riqnomalarni o’zida mujassamlashtiradigan aniq jarayonlardan foydalanishingiz mumkin. Bu jarayon ish jarayonlarini tartibga soladi va boshqaruv tizimi deb ataladi.

Boshqaruv tizimi tashkilotlarga o’z maqsadlariga erishish uchun tashkilot faoliyatida qatnashadigan muayyan bosqichlarni ishlab chiqishda, shuningdek, tashkilotning madaniyatini yaratish orqali o’z faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Tashkilotlarda samarali boshqaruv tizimini joriy qilish avzalliklari:

  • resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va moliyaviy ko’rsatgizlarni oshirish;
  • risklarni boshqarish, odamlar va atrof-muhitni muhofaza qilishni takomillashtirish;
  • sifatli xizmatlarni taqdim etish, iste’molchilar va boshqa manfaatdor tomonlarga ularning qiymatini oshirishga qaratilgan.

Boshqaruv tizimi – global boshqaruv, etakchilik strategiyasi va ilg’or tajribaga ega ekspertlar o’rtasida kelishuvga erishish natijasidir. Sifatni boshqarish tizimi yirik hamda kichik tashkilotlarda joriy etilishi mumkin.

Sertifikatlash

Boshqaruv tizimining standartlari asosida sertifikatlash majburiy emas. Ushbu tizimni yaratib sertifikatlashsiz ham manfaat olish mumkin.

Biroq, agar siz bir yoki bir nechta boshqaruv tizimi standartlari bo’yicha sertifikatlashni xohlasangiz, tegishli sertifikatlash organiga murojaat qilishingiz kerak.

Akkreditatsiya markazi sertifikatlashni amalga oshirmaydi.

ISO / IEC 17021 talablariga muvofiq boshqaruv tizimlari sertifikatlash organlarini akkreditatsiya qilish xizmatlari quyidagi sohalarda boshqaruv tizimlarini sertifikatlashni ta’minlaydigan tashkilotlarga taqdim etiladi:

  • ISO 9001 talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlash;
  • ISO 14001 talablariga muvofiq ekologiya boshqarish tizimlarini sertifikatlash;
  • ISO 22000 talablariga muvofiq oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimlarini sertifikatlash;
  • OHSAS 18001 va ISO 45001 standartlariga muvofiq mehnat xavfsizligi va sog’liqni saqlashni boshqarish tizimlarini sertifikatlash;
  • ISO 50001 talablariga muvofiq energiyani boshqarish tizimlarini sertifikatlash;
  • va boshqalar.