MARKAZNING TASHKIL TOPISHI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2018-yildagi «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-3643 sonli qarori bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiyalash Markaz tashkil qilindi va unga «O'zstandart» agentligi huzuridagi Muvofiqlikni baholash, sinov va kalibrovka laboratoriyalariga doir akkreditatsiyalash va inspeksion nazorat bo’yicha standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazining vakolatlari berildi.

AKKREDITATSIYA MARKAZI

Markaz muvofiqlikni baholash bo’yicha organlarni akkreditatsiyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Markazning faoliyat sohasi, tovar hamda xizmatlarni baholash va sertifikatsiyalashni amalga oshiruvchi barcha davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga taalluqlidir.

AKKREDITATSIYA BU NIMA?

Akkreditatsiya – jaroyon bo’lib, uning natijasida ko’rsatilayotgan xizmatlarning o’rnatilgan talablarga muvofiqligi rasmiy tasdiqlanadi.

Muvofiqlikni baholash sohasida akkreditatsiya – muvofiqlikni baholashning ma’lum sohasida faoliyat yuritish uchun, talabgorlarning malakalarini akkreditatsiyalash tashkiloti tomonidan rasman tan olinishi.

AKKREDITATSIYA NIMA UCHUN KERAK?

Akkreditatsiya:

– iste’molchilarni mahsulot, xizmat va o’lchashlar aniqligi, muvofiqligini tasdiqlash sohasidagi xizmatlar sifati muvofiqligini kafolatlanishini ta’minlaydi;
– tashkilotning ma’lum sohalarda muvofiqligini baholash bo’yicha faoliyat yuritishga malakaliligini isboti hisoblanadi;
– muvofiqlikni baholash natijalariga qonuniy kuch beradi, chunki u qononchilikka asoslangan holda amalga oshiriladi.

KIMLAR AKKREDITATSIYALANADI?

Akkreditatsiya markazi akkreditatsiya talab va shartlariga javob beradigan, akkreditatsiyalanish istagida bo’lgan yuridik shaxslarni akkreditatsiyalayadi.

Istalgan yuridik shaxs o’zining xalqaro talablarga muvofiqligini hamda iste’molchilar talablariga javob bera olish qobiliyatini isbotlash uchun Akkreditatsiya markaziga murojaat yuborishi mumkin.

MILLIY AKKREDITATSIYA TIZIMINING RIVOJLANISHI VA XALQARO AKKREDITATSIYA TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHUVIDA BIZNING MAQSADIMIZ:

– Muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatlash sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– Ushbu sohalarda xalqaro standartlarni amalga kiritish;
– Muvofiqlikni baholash idoralarining akkreditatlash jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqligini amalga oshirish;
– Milliy va xalqaro akkreditatsiya idoralari bilan faol ravishda birgalikda ish olib borish;
– Iste’mol bozorini halol bo’lmagan ishlab chiqaruvchilardan va shunga muvofiq sifatsiz mahsulot (xizmat) larga muvofiqlik sertifikatini beruvchi muvofiqlikni baholash idoralaridan himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda keng jamoatchilikni jalb qilish.

SIFAT SIYOSATI

Akkreditatsiya Markazi (akkred) akkreditatsiya dasturlarini va akkreditatsiya sohasiga tegishli xizmatlarning milliy va xalqaro talablarga muvofiqligini, o'z mijozlarining ehtiyojlari va talablarini amalga oshirishga majburdir.