Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 2019-yil 24-aprelidagi № 349-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, “Akkreditatsiya markazi” DUK muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarining, 2019-yilning II-choragida inspeksiya nazorati o’tkaziladigan Reja-grafigini tasdiqladi.

ISO 17025 xalqaro standartining yangi versiyasi bo’yicha o’quv seminar tashkil etildi

Akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-tinch okeani hamkorligi (APAC), xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya forumiga (IAF) a’zo bo’lish bo’yicha tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida 2019 yil 1-3 may kunlari ISO/IEC 17025:2017 «Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar» xalqaro standartining yangi versiyasi bo’yicha seminar tashkil etildi.

Seminar Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) to’laq’onlia’zosi hisoblangn Turkiya akkreditatsiya agentligi ekspertlari Mahmud Koseoglu va Gokhan Erian ishtirokida o’tkazildi.

Seminarda akkreditatsiya markazi, Milliy metrologiya instituti, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar laboratoriyalari vakillari ishtirok etdilar.

Akkreditatsiya markazi xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lish maqsadida chet el ekspertlarini jalb etmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624 son Farmoni ijrosi, hamda “Akkreditatsiya markazi” DUK  Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (АРАС), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro hamkorligiga (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forumga (IAF) to’laqonli a’zo sifatida kirish bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349 son qarori bilan tasdiqlangan, tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida, Markaz tomonidan xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lish maqsadida tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Qo’yilgan vazifalarni bajarish maqsadida Markaz, Germaniya fizik-texnik Federal instituti (PTB) eksperti, ILAC va IAF orqali akkreditatsiya xizmatlarini o’zaro tan olinishga erishish bo’yicha 30 qadam “Yo’l xaritasi” muallifi Manfred Kindler bilan hamkorlik yo’lga qo’ydi. Ushbu konsepsiya Yevropa komissiyasi ekspertlar guruhi tomonidan, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining milliy sifat infrastrukturasini baholash paytida samarali qo’llanilib kelinmoqda.

2019 yilning 22-26 aprelida xalqaro ekspert tomonidan Markazning xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga kirish uchun tayyorgarligini oldindan baholash bo’lib o’tdi. Asosiy e’tibor baholovchilar va muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini o’qitish, hamda jamoatchilik bilan ishlashga (ochiq eshiklar kuni, konferensiya va seminarlar o’tqazish) qaratildi.

Markaz xodimlari uchun: “Xalqaro tan olinish uchun strategiyani rejalashtirish”, “ISO/IEC 17011:2017 talablarini bajarish”, “Risklar menejmentini joriy qilish
(ISO 31000:2018 va ISO/IEC 17011:2017)”, “APAC MRA yo’l xaritasi 30 qadamining tadbiq etilishi” mavzularida treninglar o’tqazildi.

Ishchi guruhning uchrashuvi natijalariga ko’ra Markazning APAC, ILAC va IAF kabi xalqaro tashkilotlarning to’laqonli a’zosi sifatida tan olinishi yo’nalishidagi faoliyatda va sifat tuzilmasi bo’yicha masalalarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Navbatdagi uchrashuv shu yilning iyun oyiga rejalashtirildi.

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga

«Akkreditatsiya markazi» DUK quyida keltirilgan muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlari akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomalari amal qilish muddati to’xtatilganini ma’lum qiladi:
Muvofiqlikni baholash organi nomi Akkreditatsiyalangan sanasi va davlat reestridagi raqami To’xtatilgan muddati Guvoxnoma amal qilish muddati to’xtatilishi uchun asos
1 «Mega Test Group» MCHJ sertifikatlashtirish organi UZ.АMT.06.MAI.307  08.04.2015 yil 08.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
2 «Мega Test Group» MCHJ sinov laboratoriyasi UZ.АMT.07.MAI.888  08.04.2015 yil 08.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
3 «Turon Transformator» yuqorivoltli sinov markazi UZ.АMT.07.MAI.887 08.04.2015 yil 08.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
4 «Toshkent Metropoliteni» DUK metrologik xizmati laboratoriyasi UZ.AMT.17.MAI.059  08.04.2015 yil 08.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
5 «AB ENGINEERING» MCHJ metrologik xizmati laboratoriyasi UZ.AMT.17.MAI.060  145.04.2015 yil 15.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
6 «Energiya tejash milliy kompaniyasi» АJ sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.05.MAI.048 07.02.2018 yil 06.02.2023 yil «Energiya tejash milliy kompaniyasi» АJ murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
7  «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ mahsulot-larni sertifikatlash organi UZ.AMT.06.MAI.379  26.03.2018 yil 25.03.2023 yil «Energiya tejash milliy kompaniyasi» АJ murojaati  va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
8 «Energiya tejash milliy kompaniysi» AJ sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.1160 26.03.2018 yil 25.03.2023 yil «Energiya tejash milliy kompaniyasi» АJ murojaati  va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
9 «Engineering bureau franke international» MCHJ inspeksiya organi UZ.AMT.11.MAI.057  22.04.2014 yil 22.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
10 «PR-VOSTOK PROJEKT» MCHJ metrologik xizmati laboratoriyasi UZ.AMT.17.MAI.061 22.04.2014 yil 22.04.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani amal qilish muddati tugaganligi sababli
11 «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK Qarshi shahridagi hududiy tashkiloti meditsina mahsulotlarini sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.375  19.10.2017 yil 29.03.2019 yil «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi»  DUK Qarshi shahridagi hududiy tashkiloti murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
12 «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK Qarshi shahridagi hududiy tashkiloti sinov markazi UZ.AMT.07.MAI.743  18.01.2018 yil 29.03.2019 yil «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi»  DUK Qarshi shahridagi hududiy tashkiloti murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
13 «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi»  DUK Qarshi shahridagi hududiy tashkiloti metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.031  07.06.2010 yil 29.03.2019 yil «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi»  DUK Qarshi shahridagi hududiy tashkiloti murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
14 НТЦ«SertifAT» MCHJ sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.445 от 06.05.2014 yil 06.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
15 “ELASTIKUM” MCHJ sifat nazorati sinov laboratoriyasi UZ.АMT.07.MAI.889 от 06.05.2014 yil 06.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
16 “STANDART TEST QUALITY” MCHJ xodimlarni sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.19.MAI.003 от 28.12.2018 yil 06.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
17 «GOLD TEST» MCHJ sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.877 от 31.12.2013 yil Muddatsiz "GOLD TEST" MCHJ murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
18 “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” metrologik xizmati laboratoriyasi UZ.AMT.17.MAI.062  13.05.2014 yil 13.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
19 “CONTROL UNION INTERNATIONAL” yuklashdan oldingi inpeksiya organi UZ.AMT.11.MAI.002 13.05.2014 yil 13.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
20 «ADS Inspection Services» MCHJ Inspeksiya organi UZ.AMT.11.MAI.058   27.05.2014 yil 27.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
21 «Buxoro maxsus sinov qurilish laboratoriya» MCHJ Qurilish mollarini sertifikatlashtirish organi UZ.АMT.06.MAI.308 27.05.2014 yil 27.05.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
22 «PX-SERVIS» MCHJ Tur-istik va mehmonxona xiz-matlarini sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.166 04.07.2011 yildan muddatsiz 03.06.2019 yil «PX-SERVIS» MCHJ murojaati va akkreditatsiya komis-siyasi qarori asosida
23 «VRZ STANDART» MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.972 14.06.2017 yildan 14.06.2022 yilgachga 03.06.2019 yil «VRZ STANDART» MCHJ murojaati va akkreditatsiya komis-siyasi qarori asosida
24 «СИХАТ» IICHB Metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.102 10.02.2014 yildan muddatsiz 03.06.2019 yil «СИХАТ» IICHB murojaati va akkredi-tatsiya komissiyasi qarori asosida
25 “Progress Standart” MCHJ Xodimlarni sertifikat-lashtirish organi UZ.AMT.19.MAI.005 31.05.2016 dan 31.05.2021 gacha 03.06.2019 yil “Progress Standart” MCHJ murojaati va akkreditatsiya komis-siyasi qarori asosida
26 «Global Investment Sys-tems» MCHJ Inspeksiya organi UZ.AMT.11.MAI.019 05.01.2016 dan 05.01.2021 gacha 03.06.2019 yil «Global Investment Systems» MCHJ murojaati va akkredi-tatsiya komissiyasi qarori asosida
27 «Uzconsultservice» QK MCHJ Inspeksiya organi UZ.AMT.11.MAI.018 03.06.2014 dan 03.06.2019 gacha 03.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tuga-ganligi sababli
28 «O`zbek- Turk Test Markazi» QK MCHJ menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.05.MAI.033 03.06.2014 dan 03.06.2019 gacha 03.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tuga-ganligi sababli
29 «Elektro Kommutatsion Texnologiyalari» MCHJ UZ.AMT.17.MAI.065 06.06.2014 dan 06.06.2019 gacha 06.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tuga-ganligi sababli
30 “TOPFIN RESULT” MCHJ electrotexnik mahsulotlarni sertifikat-lashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.345 25.12.2018 dan 09.08.2022 gacha 10.06.2019 yil “TOPFIN RESULT” MCHJ murojaati va akkreditatsiya komis-siyasi qarori asosida
31 “FORTUNA STANDART” MCHJ xizmatlarni sertif-ikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.358 19.01.2016 dan 19.01.2021 gacha 10.06.2019 yil «FORTUNA STANDART» MCHJ murojaati va akkredi-tatsiya komissiyasi qarori asosida
32 “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko’rsatish marka-zi” DUK don va uni qayta ishlash mahsulotlarini ser-tifikatlashtirish organi Andijon filiali UZ.AMT.06.MAI.364 27.03.2018 dan 27.03.2023 gacha 10.06.2019 yil “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko’rsatish markazi” DUK murojaati va akkreditatsiya komis-siyasi qarori asosida
33 “Best Laboratories Group” XK mahsulotlarni sertif-ikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.367 05.01.2017 dan 05.01.2022 gacha 10.06.2019 yil “Best Laboratories Group” XK murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
34 “TOPFIN RESULT” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.АMT.07.MAI.907 09.12.2014 dan 09.12.2019 gacha 10.06.2019 yil “TOPFIN RESULT” MCHJ murojaati va akkreditatsiya komis-siyasi qarori asosida
35 “Best Laboratories Group” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.971 08.06.2016 dan 05.01.2021 gacha 10.06.2019 yil “Best Laboratories Group” XK murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
36 “Uzintertek Testing Ser-vices” QK Inspeksiya orga-ni UZ.AMT.11.MAI.021 23.12.2014 dan 23.12.2019 gacha 10.06.2019 yil “Uzintertek Testing Services” QK muro-jaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
35 “Best Laboratories Group” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.971 08.06.2016 dan 05.01.2021 gacha 10.06.2019 yil “Best Laboratories Group” XK murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
37 “CAMPALIA” MCHJ XK Sinov laboratoriyasi UZ.АMT.07.MAI.891 10.06.2014 dan 10.06.2019 gacha 10.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tuga-ganligi sababli
38 «Advantage Consult» In-speksiya organi UZ.AMT.11.MAI.059 10.06.2014 dan 10.06.2019 gacha 10.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tuga-ganligi sababli
39 “Andijon SSM” DK Past kuchlanishli elektrotexnik sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.665 
10.05.2016 dan 10.05.2021 gacha 17.06.2019 yil Andijon SSM” DK murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
40 “APTECHKA INFORM” MCHJ metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.066
17.06.2014 dan 17.06.2019 gacha 17.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
41 “Management Certification” MCHJ menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.05.MAI.034 
04.08.2015 dan 24.06.2019 gacha 24.06.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
42 Farg’ona SMB spirt sifatini nazorat qilish bo’yicha sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.664 
25.08.2008 dan muddatsiz 24.06.2019 yil Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalaridagi qonunchilik talablariga rioya qilishni ta’minlash Departamenti murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
43 “«Ziyo standart” MCHJ metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.111 
14.04.2015 dan 14.04.2020 gacha 24.06.2019 yil «Ziyo standart» MCHJ murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
44 Toshkent viloyati DAQN inspektsiyasi sertifikatlashtirish organi UZ.АMT.06.MAI.135 
22.06.2017 dan 22.06.2022 gacha 24.06.2019 yil Toshkent viloyati DAQN inspektsiyasi murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
45 “Bumerang Avto Trans Tex Servis” MCHJ sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.1152 26.03.2018 dan 25.03.2023 gacha 24.06.2019 yil “Bumerang Avto Trans Tex Servis” MCHJ murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
46 “Mexatronika Injiniring” MCHJ metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.106 
17.03.2015 dan 17.03.2020 gacha 01.07.2019 yil “Mexatronika Injiniring” MCHJ murojaati va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
47 "Engineering Bureau Franke International" MCHJ mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.377
 07.02.2018 yildan 07.02.2023 yilgacha 01.07.2019 yil "Engineering Bureau Franke International" MCHJ murojaatiga ko’ra
48 "Engineering Bureau Franke International" MCHJ mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.377
 07.02.2018 yildan 07.02.2023 yilgacha 01.07.2019 yil "Engineering Bureau Franke International" MCHJ murojaatiga ko’ra
49 “Engineering Bureau Franke International” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.1149
28.02.2018 dan 27.02.2023 gacha 01.07.2019 yil "Engineering Bureau Franke International" MCHJ murojaatiga ko’ra
50 “Avto Sinov Gaz Servis” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.1096 
20.10.2017 dan 19.10.2022 gacha 08.07.2019 yil “Avto Sinov Gaz Servis” MCHJ murojaatiga ko’ra va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
51 “Buhoro Mahsus Sinov Kurilish Laboratoriya” MCHJ Sinov qurilish laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.869 15.12.2015 dan 15.12.2020 gacha 08.07.2019 yil “Buhoro Mahsus Sinov Kurilish Laboratoriya” MCHJ murojaatiga ko’ra va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
52 «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi » OAJ metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.068 15.07.2014 dan 15.07.2019 gacha 15.07.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
53 «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi » OAJ metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.068 15.07.2014 dan 15.07.2019 gacha 15.07.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
54 “SGS Tashkent Ltd” MCHJ XK Inspeksiya organi UZ.AMT.17.MAI.068 15.07.2014 dan 15.07.2019 gacha 15.07.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
55 “ALEKS SUCCESS BUSINESS” MCHJ UZ.AMT.17.MAI.173 25.04.2017 dan 25.04.2022 gacha 22.07.2019 yil “ALEKS SUCCESS BUSINESS” MCHJ murojaatiga ko’ra va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
56 “CORSAN CORVIAM СONSTRUCCION S.A.” DM sinov laboratoriyasi UZ.АMT.07.MAI.895 29.07.2014 dan 29.07.2019 gacha 29.07.2019 yil Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
57 “Euroasia standart and quality” MCHJ turistik va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.285 02.02.2016 dan 02.02.2021 gacha 05.08.2019 yil “Euroasia standart and quality” MCHJ murojaatiga ko‘ra va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
58 “Mustaqil Hududiy Sertifikatsiya Markazi” KK mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.365 05.10.2016 dan 05.10.2021 gacha 05.08.2019 yil “Mustaqil Hududiy Sertifikatsiya Markazi” KK murojaatiga ko‘ra va akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
59 “GAZ-SERVIS-DIZAYN” SHK UZ.AMT.18.MAI.071 05.08.2014 dan 05.08.2019 gacha 05.08.2019 yil Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli
Тадбиркорлик субъектлари диққатига
1 «СертифАТ» MCHJ qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.051 16.03.2018 yildan 16.03.2023 yilgacha 10.05.2019 yil Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida
2 «ENERGOMAX PROFESSIONAL» MCHJ metrologik xizmati UZ.AMT.17.MAI.038 30.01.2012 yildan muddatsiz 22.05.2019 yil «Energomax Professional» MCHJ murojaatiga ko’ra
3 «VRZ STANDART» MCHJ mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi UZ.AMT.06.MAI.356 12.01.2016 yildan 12.01.2021 yilgacha 04.06.2019 yil «VRZ STANDART» MCHJ murojaatiga ko’ra
4 “Neftgaz Kimyo Sintez” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.1134 22.01.2018 yildan 21.01.2023 yilgacha 03.06.2019 yil “Neftgaz Kimyo Sintez” MCHJ muro-jaatiga ko’ra
5 "Engineering Bureau Franke International" UZ.AMT.06.MAI.377 07.02.2018 yildan 03.06.2019 yil "Engineering Bureau Franke International"
6 MCHJ mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi 07.02.2023 yilgacha MCHJ murojaatiga ko’ra
7 “Engineering Bureau Franke International” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.1149 28.02.2018 dan 27.02.2023 gacha 03.06.2019 yil "Engineering Bureau Franke International" MCHJ murojaatiga ko’ra
8 “TEST FOOD” MCHJ mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi UZ.АMT.06.MAI.182 29.03.2010 yildan muddatsiz 10.06.2019 yil “TEST FOOD” MCHJ murojaatiga ko’ra
9 “TEST FOOD” MCHJ Sinov laboratoriyasi UZ.AMT.07.MAI.680 17.11.2008 yildan muddatsiz 10.06.2019 yil “TEST FOOD” MCHJ murojaatiga ko’ra
10 “Respublika SSM” DK inspektsiya organi UZ.AMT.11.MAI.029
17.05.2016 dan 17.05.2021 gacha 01.07.2019 yil “Respublika SSM” DK murojaatiga ko’ra

Akkreditatsiya – sifat kafolatidir

O’zbekiston Akkreditatsiya markazi direktori, markaz faoliyati, uning maqsad va vazifalarini tushuntirib bermoqda

akkred – mustaqil akkreditatsiya organining belgisi

Akkreditatsiya nima? degan savoldan boshlaydigan bo’lsak. Lotinchadan tarjima qilinganda “accredo” ishonish degan ma’noni anglatadi, bunga asosan biz akkreditatsiya faoliyati, iste’molchilarning bu jarayondan o’tgan tashkilotlarga bo’lgan ishonchini ta’minlashga yo’naltirilgan deb ta’kidlasak bo’ladi. Ommaviy axborotlarda biz ko’pincha – jurnalistlarni akkreditatsiyalash, ta’lim dasturlarni akkreditatsiyalash va shu kabilarni eshitamiz. Lekin bu sohalar bizning odamlarimizning hayotiy jabxalariga tegishli emas. Ularni ko’proq kundalik hayotda ishlatadigan, mahsulot va xizmatlarning sifati qiziqtiradi.

Mahsulot va xizmatlarning sifati va xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy tizimini, “sifat tuzilmasi” deya ataladi, uni tashkil etadigan standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya tizimlari ta’minlab berishmoqda.

Ushbu yilning mart oyiga qadar bu sohalarning barchasi davlat tomonidan maxsus vakolat berilgan – “O’zstandart” agentligi vakolatiga kirar edi. Ammo, hozirgi davrda bo’layotgan qayta shakllantirish va yangilanishlar yuzasida, hukumat tomonidan akkreditatsiyalash vazifalarini mustaqil bo’lgan tashkilotga berishga qaror qilindi. Shunday qilib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tashkil etildi.

Bizning Markazimizning asosiy vazifalaridan biri aynan o’sha nazoratning o’zini, mahsulot, xizmat va ularni hisoblash aniqligini amalga oshiruvchi, ya’ni muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyalash. Bunday organlarga turli xildagi laboratoriyalar, mahsulot va xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari, shuningdek inspeksiya organlari kiradi.

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyalash metodologiyasi xalqaro standartlar va xalqaro akkreditatsiyalash tashkilotlari talablarini hisobga olgan holda o’zgartirishlarni talab etadi. Hozirda buning ustida, Markaz oldida qo’yilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish uchun yuqori potensialga ega jamoa faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, akkreditatsiyalash obyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish va ish-faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida, Respublikamiz viloyatlarida Markazimiz filiallarini tashkil etish masalasi ko’rib chiqilmoqda, masalan Jizzax shahrida yaqinda tashkil etilgan filialimiz kabi.

 

Sifat tuzilmasi. U qanday bo’lish kerak!

Sifat tuzilmasi mening nazdimda mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning barcha bosqichlarida zarur talablarning ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy akkreditatsiya tizimini, uning mustaqil va xolis qismi sifatida shakllantirilishi, xalqaro jamoatchilik, shu jumladan mahsulot va xizmat ishlab chiqaruvchilar ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga akkreditatsiya alohida mavjud bo’la olmaydi, u doim boshqa sohalar – standartlashtirish va metrologiya bilan aloqada bo’ladi.

Hammaga ma’lumki standartlashtirish tizimi bir institut – standartlarning mamlakatda amal qilishi qonuniyligini belgilaydigan organdir. Ko’pgina mamlakatlarda bu xususiy tuzilma bo’lib, standartlar bozor talablariga ko’ra tartibga solib turiladi.

Sifat tuzilmasining yana bir ishtirokchisi bu – metrologiya tizimi. Uning vazifasi butun dunyoda qabul qilingan –  Xalqaro o’lchovlar birligi (SI) ga muvofiq o’lchashlar birliligida sifatni belgilovchi ko’rsatkichlar aniqligini ta’minlash. Iste’molchi tili bilan so’zlaydigan bo’lsak, metrologiya tizimi bizga do’konda xarid qilgan bir kilogram mahsulot to’g’ri o’lchanganligi to’g’risida ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Xalqaro miqyosda tan olinish. Bunga qanday erishish mumkin?

Bizning Markaz uchun xalqaro miqyosda tan olinish, biz uchun ustuvor bo’lgan ikki tashkilot – Laboratoriyalarni akkreditatsiyalash xalqaro tashkiloti ILAC va Akkreditatsiyalash xalqaro forumi IAF larning to’laqonli a’zosiga aylanishdir.

Buning uchun biz o’z faoliyatimizni shunday tashkil etishimiz lozim-ki, Markazning o’zi va biz akkreditatsiyalaydigan organlar ma’lum xalqaro standart talablariga javob bersin. Keyinchalik biz, nufuzli tashkilotlar tomonidan rasmiy tan olinish uchun tekshiruvlardan o’tishimiz lozim.

Bu tashkilotlarning to’laqonli a’zosi bo’lish bizga ILAC va IAF a’zolari bo’lgan mamlakatlar tomonidan bizning, shu jumladan biz akkreditatsiyalagan mijozlarimizning, faoliyat natijalari tan olinishi imkoniyatini yaratadi.

Bu biz o’z oldimizga yaqin kelajakka qo’ygan maqsadimizdir. Bu yo’nalishda birinchi qadam qo’yildi. Akkreditatsiyalash instituti mustaqil bo’ldi. Ayni damda qo’yilgan maqsadlarga muvaffaqqiyatli erishish uchun zarur resurslarni analiz qilish va shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Bizning Markazimizning ustuvor vazifalaridan biri bu xalqaro va hududiy akkreditatsiya organlari bilan hamkorlik qilish, shu sohadagi zamonaviy xalqaro standartlarni tatbiq qilish.

Bu yo’nalishda biz chet ellik ekspertlarni faol jalb qilib kelayapmiz. Ulardan biri Germaniyaning akkreditatsiyalash sohasidagi yetakchi mutaxassisi Manfred Kinder. Markaz u bilan Germaniyaning PTB metrologiya institute dasturi bo’yicha hamkorlik qiladi. U markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari, u O’zbekistonning zamonaviy sifat tuzilmasida tutgan o’rni bilan tanishib chiqdi va imkoniyatlarimizni ijobiy baholadi. Uning fikriga ko’ra biz shu yilning oxirini o’zidayoq qo’rqmasdan APLAC – assotsiyalangan ishtirokchilar sifatida laboratoriyalarni hududiy akkreditatsiyalash tashkilotiga a’zolikka ariza topshirsak bo’ladi.

Shuningdek biz 12 yildan buyon ILACning to’laqonli a’zosi bo’lgan – turk akkreditatsiya markazi (TURKAK) bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladik. Kelishuv doirasida bizga Turkiyaning akkreditatsiyalash sohasida yetakchi mutaxassisi – Atakan Bashturk maslahatchi sifatida yo’naltirildi. U butun dunyo bo’ylab akkreditatsiyalash organlari bilan ishlashda juda katta tajribaga ega. Oktabrda ko’p bosqichli, “O’zbekiston Respublikasining akkreditatsiyalash tizimini yaratish va xalqaro darajada tan olinishida qo’llab-quvvatlash” loyihasini boshlash rejalashtirilayapti. Loyihada Markazni, ILAC va IAF ga 2020 yil yozlariga a’zo bo’lish maqsadida, xalqaro talablarga muvofiqlashtirish uchun tayyorgarliklarni yakunlash ko’zda tutilgan. Keyinchalik biz bu tashkilotlarning to’laqonli a’zosi bo’lish uchun a’zo bo’lish jarayonini boshlay olamiz.

Birinchi bosqichda biz yuqori malakali xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilishni, ish jarayonini yo’lga qo’yishni, akkreditatsiyalash bo’yicha ichki hujjatlar tizimni tashkil etishni, o’z ma’lumot resurslarimizni yaratishni rejalashtirayapmiz. Keyingi bosqich etib biz joint accreditation – hududiy va xalqaro organlar bilan hamkorlikda akkreditatsiyalashni o’tkazish, ekspertlar almashinuvini hisobga olgan holda, qo’shma amaliy treninglarni tashkillashtirishni belgiladik.

Turkiyalik ekspertlar ishtirokida o’tkazilgan akkreditatsiyalar, xalqaro darajada hisoblanishini ta’kidlab o’tmoqchiman.

Shu bilan bir qatorda biz belorusiyalik hamkasblarimiz – Belorusiya akkreditatsiyalash Davlat Markazi bilan o’zaro anglashuv Memorandumini imzoladik. Uning doirasida akkreditatsiyalash bo’yicha Hududiy tashkilot tashkil etish va faoliyatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tajriba almashish sohalarida ishlarni boshlash rejalashtirilgan.

Bizning rejalarimizda shuningdek yaqin qo’shnilarimiz – Tojikiston, Qozog’iston akkreditatsiyalash organlari bilan ham uzoq muddatli hamkorlikni yo’lga qo’yish, ular bilan transchegaraviy akkreditatsiyalarni amalga oshirish maqsadida mutaxassislar (assesorlar) ni almashinish dasturi bo’yicha kelishuvga erishish bor.

Mening ishonchim komil, bizning asosiy maqsadimiz – milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlikning mahsulot, ish va xizmatlar yo’nalishlardagi sifati, bundan kelib chiqqan holda – fuqarolarimiz turmush darajasining oshirilishi maqsadida, O’zbekiston Respublikasi akkreditatsiyalash tizimini xalqaro darajada tan olinishiga erishamiz.

Iste’molchilar ishonchi manbasi

Biz yashayotgan olamda har kuni xizmat ko’rsatadigan, yangi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, oddiygina qilib aytganda – mahsulot va xizmat ishlab chiqaradigan, yangi kichik biva xususiy tadbirkorlik subyektlari, yangi ishlab chiqaruvchilar, yangi kompaniyalar tashkil topadi.

Iste’molchi ushbu turli-tuman mahsulot yoki xizmatlar ichida xavfsiz va sifatlisini tanlashda xato qilishdan qanday saqlanishi mumkin?

Ikkinchi tomondan, yangi kompaniyalarga qolganlar ichida qanday qilib ajralib tursin? O’z mahsulot va xizmatlarining chindan ham sifatli ekanligini va sarflagan pulingizga arzishini qanday isbotlasin?

Ishlab chiqaruvchi uchun javob aniqday go’yo – o’z mahsuloti yoki xizmatini sertifikatlash, zarur inspeksiyadan, sifat tekshiruvi o’tish va mahsulotning sifatini kafolati bo’lgan, orqzuqib kutilgan sertifikatni olish.

Ammo, fikrimizning ushbu nuqtasida kutilmagan bitta savol berish mumkin – sertifikat, mahsulot yoki xizmatning yahshi sifatli ekanligini tasdig’i bo’la oladimi? Ishonqiramaydigan mijoz o’ylashi mumkin: “Bu sertifikat – oddiygina rangli qog’oz bo’lsachi? Hech narsani tekshirmasdan, inspeksiyadan o’tqazmasdan, pulini olib bu qog’ozni berib qo’ya qolishgan”.

Keyin, bunday inspeksiya va tekshiruv organlari qanchaligini bilasangiz xayratlanisiz, axir sertifikatsiya o’tqaziladigan sohalar ham juda ko’p. Tekshiruvchi tashkilotning o’zi ishonchga sazovormi va u bergan sertifikatlar sifatni kafolatlay oladimi, buni qanday aniqlay olamiz?

Bu savolga faqat bitta javob bor – yuqorida aytilgan organ akkreditatisya jarayonidan o’tadi, uning xizmatlari va mijozlarining, o’sha mahsulot va xizmat ishlab chiqaruvchilarning xizmatlari sifatini kafolatlovchi, malakasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat beriladi.

Mantiqli savol – O’zbekistonda mahsulot va xizmatlarning sifatini tekshiruvchi organlarni akkreditatlash bilan kim shug’ullanadi – ularning malakasini, xolisligini va ularning bajarayotgan ishini kim tekshiradi? Biz hech ikkilanmay javob bera olamiz – Akkreditatsiyalash Markazi.

Akkreditatsiyalash Markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2018-yildagi «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-3643 sonli qarori bilan muvofiqlikni baholash organlarni akkreditatsiyalash tizimini mukammallashtirish, eksportga yo’naltirilgan va raqobatbardosh mahsulot, xizmatlar ishlab chiqaruvchilar uchun sharoit yaratish, mamlakat ichki bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.

Shunday ekan biz maqolamizning birinchi va asosiy savoliga javob bera olamiz – qaysi mahsulot yoki xizmatning sifatiga iste’molchi bemalol ishona oladi? Bu, Markaz tomonidan  akkreditatsiyalangan tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan mahsulot va xizmatlardur.