BELORUSSIYA AKKREDITATSIYA MARKAZI EKSPERTLARINING XIZMAT TASHRIFI

“Belorussiya Davlat Akkreditatsiya Markazi” DK (BDAM) ekspertlari xizmat safari bilan “Akkreditatsiya Markazi” DUKga tashrif buyurishgan.

Olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi 2018 yilda «Akkreditatsiya markazi» DUK bilan imzolangan o’zaro anglashinuv memorandumi doirasidagi hamkorlikni kengaytirish va muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish jarayoniga oid ishlarni amalga oshirish bo’yicha Belorusiya tajribasini o’rganishda iborat.

Muzokaralar chog’ida Osiyo-Tinch okeani akkreditatsiyasi bo’yicha kooperatsiya (APAC), Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) kabi xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga a’zo bo’lishda Markazning salohiyatini oshirish va jadal rivojlanayotgan munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.Hozirgi vaqtda mutaxassislar ISO/IEC 17025 «Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga qo’yiladigan umumiy

talablar» va ISO/IEC 17021 «Boshqaruv tizimlarini auditini va sertifikatlashini o’tkazadigan organlarga qo’yiladigan talablar» xalqaro standartlari talablarini muhokamasi bo’yicha idoralararo fikrlar almashilinmoqda.

O’z navbatida, BDAM mutaxassislari kalibrlash laboratoriyasi va sertifikatlash organini baholash jarayonida qatnashadilar va xalqaro tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda amaliy tavsiyalar berishadi.

Uchrashuvlar ko’p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga, o’zaro aloqalarining yanada o’sishiga hamda akkreditatsiya bo’yicha ekspertlar va muvofiqlikni baholash organlari mutaxassislarining malakasini muntazam oshirib borish uchun xizmat qilishi kutilmoqda.

 

 

Posted in Yangiliklar.