Standartlashtirish bo’yicha Mintaqalararo assotsiatsiyasining 28-majlisi

Joriy yilning 10-11 iyul kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida, Turk standartlari instituti, hamda Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo nazorati  agentligi (Tojikstandart) tomonidan tashkil etilgan Standartlashtirish bo’yicha Mintaqaviy assotsiatsiyasining (SMA) Bosh assambleyasi 28-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Standartlashtirish bo’yicha Mintaqaviy  assotsiatsiyasi (SMA) majlisida, O’zbekiston Respublikasidan «O’zstandart» agentligi va Akkreditatsiya markazi xodimlari ishtirok etdilar.

SMA 1991 yilda tovar va xizmatlar almashinuvini yengillashtirish uchun standartlashtirish va unga bog’liq sohalarni rivojlantirishga, shuningdek, intellektual, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy faoliyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Mongoliya, Moldova, O’zbekiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina SMA a’zolari hisoblanadi.

Yig’ilishda SMAning  yil yakuni natijalari va kelgusi davr uchun uzoq muddatli ish rejasi muhokama qilindi. Shuningdek Bosh kotib saylandi va yangilangan SMA Nizomi tasdiqlandi. SMA Nizomining yangi nashrida akkreditatsiya masalalariga katta e’tibor qaratiladi.

Bosh Assambleya (SMA) ishi davomida Tojikiston Respublikasi, Moldova Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasining milliy akkreditatsiya organlari rahbarlari bilan ishchi uchrashuvlar o’tkazildi, natijada tan olingan xalqaro standartlar asosida akkreditatsiya sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish zarurligi to’g’risida kelishib olindi.

Posted in Yangiliklar.