«Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infrastuzilmasini mustahkamlash» mintaqaviy loyihasining amalga oshirilishi muhokamasi

2019 yil 18-iyun kuni “Akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasida Germaniyaning Fizika-texnika instituti (PTB) – Markaziy Osiyo bo’yicha koordinatori Oliver Diethardt va ekspert Klemens Sanetra qabul qilindi.

O’tkazilgan uchrashuv «Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash» PTB loyihasini amalga oshirish bo’yicha mavjud savollar va muammolarni  muhokama etish, hamda Markazning oraliq natijalari haqida loyihaning muayyan sohalari uchun mas’ul bo’lgan Markaz xodimlari hisobotlari muhokamasiga bag’ishlandi.

Uchrashuvda shuningdek akkreditatsiya sohasida sifat infratuzilmasini rivojlantirishning yutuqlari va kelgusi rejalarining to’rtta jihatlari – qonunchilikdagi o’zgarishlar, texnik ko’nikmalar, so’ngi foydalanuvchilar bilan o’zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro miqyosda hamkorlikni mustahkamlash muhokama qilindi.

Yig’ilish natijalariga ko’ra, tomonlar sifat infrastuzilmasini mustahkamlash bo’yicha qo’shma tadbirlarni belgilab oldilar.

Posted in Yangiliklar.