Muvofiqlikni baholash organlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 10 – yanvardagi PF-5624-son Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” etib qayta nomlagan holda “O‘zstandart” agentligi tarkibiga o‘tkazilgan.

Shu bilan bir qatorda, Farmon bilan belgilangan tartibga muvofiq yangitdan nomlangan “O‘zbekiston Standartlashtirish , metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi”ning qonunchilikda nazarda tutilgan vakolatlari, vazifalari  va huquqlari saqlab qolingan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 – yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son Qarori bilan 2019- yil 1- yanvardan, ayni Qarorning 5-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan iste’mol  tovarlarini majburiy sertifikatlash faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sertifikatlashtirish organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan yangidan akkreditatsiya qilingan boshqa sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini hujjatlari bilan kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olib, “O‘zstandart” agentligi tizimida bo‘lmagan sertifikatlashtirish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 12- dekabrdagi PQ-4059-son Qarori 5-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan iste’mol tovarlarini majburiy sertifikatlashda ishtirok etish maqsadida yangidan akkreditatsiyadan o‘tish uchun, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markaziga ariza topshirishlari mumkin.

Posted in Maqolalar.