ISO 17025 xalqaro standartining yangi versiyasi bo’yicha o’quv seminar tashkil etildi

Akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-tinch okeani hamkorligi (APAC), xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya forumiga (IAF) a’zo bo’lish bo’yicha tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida 2019 yil 1-3 may kunlari ISO/IEC 17025:2017 «Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar» xalqaro standartining yangi versiyasi bo’yicha seminar tashkil etildi.

Seminar Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) to’laq’onlia’zosi hisoblangn Turkiya akkreditatsiya agentligi ekspertlari Mahmud Koseoglu va Gokhan Erian ishtirokida o’tkazildi.

Seminarda akkreditatsiya markazi, Milliy metrologiya instituti, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar laboratoriyalari vakillari ishtirok etdilar.

Posted in Yangiliklar.