Akkreditatsiya markazi xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lish maqsadida chet el ekspertlarini jalb etmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624 son Farmoni ijrosi, hamda “Akkreditatsiya markazi” DUK  Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (АРАС), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro hamkorligiga (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forumga (IAF) to’laqonli a’zo sifatida kirish bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349 son qarori bilan tasdiqlangan, tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida, Markaz tomonidan xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lish maqsadida tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Qo’yilgan vazifalarni bajarish maqsadida Markaz, Germaniya fizik-texnik Federal instituti (PTB) eksperti, ILAC va IAF orqali akkreditatsiya xizmatlarini o’zaro tan olinishga erishish bo’yicha 30 qadam “Yo’l xaritasi” muallifi Manfred Kindler bilan hamkorlik yo’lga qo’ydi. Ushbu konsepsiya Yevropa komissiyasi ekspertlar guruhi tomonidan, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining milliy sifat infrastrukturasini baholash paytida samarali qo’llanilib kelinmoqda.

2019 yilning 22-26 aprelida xalqaro ekspert tomonidan Markazning xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga kirish uchun tayyorgarligini oldindan baholash bo’lib o’tdi. Asosiy e’tibor baholovchilar va muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini o’qitish, hamda jamoatchilik bilan ishlashga (ochiq eshiklar kuni, konferensiya va seminarlar o’tqazish) qaratildi.

Markaz xodimlari uchun: “Xalqaro tan olinish uchun strategiyani rejalashtirish”, “ISO/IEC 17011:2017 talablarini bajarish”, “Risklar menejmentini joriy qilish
(ISO 31000:2018 va ISO/IEC 17011:2017)”, “APAC MRA yo’l xaritasi 30 qadamining tadbiq etilishi” mavzularida treninglar o’tqazildi.

Ishchi guruhning uchrashuvi natijalariga ko’ra Markazning APAC, ILAC va IAF kabi xalqaro tashkilotlarning to’laqonli a’zosi sifatida tan olinishi yo’nalishidagi faoliyatda va sifat tuzilmasi bo’yicha masalalarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Navbatdagi uchrashuv shu yilning iyun oyiga rejalashtirildi.

Posted in Yangiliklar.